«Barselona» hujumchisini 15 million yevroga sotmoqda
Pau Viktor «Barselona»ni tark etadi.
23 yoshli hujumchi «Braga»ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda The Athletic. Ushbu transfer Kataloniya klubiga 12 million yevro keltiradi, shuningdek, 3 million yevro miqdorida bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.
Viktor 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/