«Manchester Siti» markaziy himoyachisi klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Jon Stouns klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi, ammo «shaharliklar» rahbariyati angliyalik futbolchi bilan 2027 yilgacha shartnoma tuzmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Stiv Kay.

Jon Stouns 2016 yilning avgustidan buyon «Manchester Siti»da o‘ynab kelmoqda. U «Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 233 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Markaziy himoyachi jarohati sabab joriy mavsum boshini o‘tkazib yubordi, shuning uchun u maydonga bor-yo‘g‘i to‘rt marta tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter