Kukurelya Maduekening «Arsenal»ga o‘tishini g‘alati qaror deb atadi
«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaning fikricha, Noni Madueke «Arsenal»ga o‘tishini biroz kutishi kerak edi.
23 yoshli vinger «PSJ» bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali qaydnomasiga kiritilmadi, chunki bu vaqtda uning transferi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. «Ko‘klar» parijliklarni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0) va sovrinni boshi uzra ko‘tardi.
«Noning qarori g‘alati bo‘ldimi? Menimcha, ha. Oldingi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo‘lsa-da, yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi, deb hisoblayman. Ehtimol, u kelajak haqida o‘ylayotgandir, lekin bir-ikki kun kutish unga hech gap emasdi. Ha, mening fikrimcha, u ko‘p narsani yo‘qotdi,» – dedi Kukurelya jurnalist Jerar Romeroga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/