Kukurelya «Chelsi»da duch kelgan muammolari haqida gapirdi

«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya klubga kelgan dastlabki oylardagi qiyinchiliklarini esladi.

Ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida «Brayton»dan 65 mln yevrodan ko‘proqqa xarid qilingan edi.

«Dastlabki oylarda oson bo‘lmadi. Jamoada o‘ziga xoslik ham, aniq o‘yin sxemasi ham yo‘q edi, men esa to‘pni olib, barchasini yolg‘iz hal qila oladiganlardan emasman. Men butun jamoa yaxshi holatda bo‘lganida o‘zimni eng yaxshi ko‘rsataman. «Chelsi» men uchun katta pul to‘ladi. Hamma meni har bir o‘yinda gol uradigan mashina bo‘lishimni kutgandi. O‘zimga ham bu yerdagi ilk o‘yinlarim yoqmadi. Men hali ham o‘sha paytdagi o‘yinchiman, lekin hozir o‘zimga va mahoratimga ishonaman,» – deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter