Amorim «Yunayted»dan kamida yana 2 ta transfer so‘ramoqda

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoani kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Mirror nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis shu yozda jamoadan yana kamida 2 ta transfer istamoqda. Amorim yangi yarim himoyachi va markaziy hujumchini klubda ko‘rmoqchi.

Bu yozda «qizil iblislar» Mateus Kunya va Brayan Mbeumo (rasmiy e’lon qolgan) kabi yulduz vingerlar bilan allaqachon shartnoma imzolab bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter