La Liga klubi «An-Nasr» himoyasi yetakchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Bilbaoning «Atletik» klubi «An-Nasr» markaziy himoyachisi Emerik Laport transferi ustida ish boshladi.

Shanba kuni bask klubi 31 yoshli futbolchi uchun birinchi og‘zaki taklifni bildirdi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. «An-Nasr» ispaniyalik futbolchiga ishonmoqchi emas va joriy transfer oynasida u bilan xayrlashishga tayyor. «Atletik» yulduz tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun bor kuchini ishga soladi.

Emerik Laport 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonida to‘p tepib kelmoqda. Oldingi besh yil davomida u «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan va faoliyatining boshida «Atletik»da o‘ynagan va u yerda 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi – 15 mln yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter