«Yunayted»ning Shvesiya safari uchun 29 futbolchi tarkibga kiritildi

«Manchester Yunayted» “Lids”ga qarshi o‘yin uchun Stokgolmga yo‘l oladigan 29 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Shvesiya poytaxtiga quyidagilar yo‘l oladi:

Darvozabonlar: Altay Bayindir, Tom Xiton, Dermot Mi.

Himoyachilar: Diogu Dalo, Nussair Mazraui, Matteys de Ligt, Xarri Maguayr, Patrik Dorgu, Leni Yoro, Lyuk Shou, Eyden Xeven, Diyego Leon, Tayler Fredrikson, Ris Munro, Goduill Kukonki.

Yarim himoyachilar: Meyson Maunt, Brunu Fernandesh, Kazemiro, Manuel Ugarte, Kobbi Meynu, Djek Fletcher, Seku Kone, Tobi Kollyer.

Hujumchilar: Rasmus Xyoylund, Mateus Kunya, Amad, Chido Obi, Itan Uilyams, Bendito Mantato.

Andre Onana va Joshua Zirkzee kichik jarohatlardan keyin tiklanish uchun “Karrington”da qolishadi — ular AQSHda jamoaga qo‘shilishadi.

Manchester Evening News nashri xabariga ko‘ra, Harri Amass jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etmaydi, chunki unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish maqsadida ijaraga berilishiga qaror qilingan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter