Yurgen Klopp – Virsning «Liverpul»ga transferi haqida: «U jamoani aniq kuchaytiradi»
«Liverpul»ning sobiq murabbiyi klubning yangi yulduz transferi haqida fikr bildirdi.
Yurgen Klopp klubning Florian Virsni o‘z safiga qo‘shib olish qarorini ma’qulladi, biroq futbolchining qaysi pozisiyada o‘ynashini bilmaydi.
«U o‘zini ko‘rsatadi, garchi Arne Florian uchun qaysi pozisiyani mo‘ljallaganini aniq bilmasam-da. Bu mutlaqo ajoyib bo‘ladi, bunga ishonchim komil.
Chempion bo‘lganingizda jamoani kuchaytirish juda mushkul. Ammo «Liverpul» buning uddasidan chiqdi.
Ular Florian Virs timsolida g‘oyat iste’dodli futbolchini saflariga qo‘shib oldilar. Uning o‘yinini kuzatishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu ajoyib bo‘ladi,» – dedi Klopp.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/