«Yuventus» «Portu» xohlayotgan 30 million yevroni to‘lashga tayyor
«Yuventus» «Portu»dan ijaraga olingan vinger Fransishku Konseysauni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, turinliklar futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilgan. Taklif tovon puli miqdoriga mos keladi, ammo italiyaliklar pulni bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchi.
22 yoshli Konseysau o‘tgan mavsum «Yuventus» safida ijara asosida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/