Rasman! Konseysau – «Yuventus» futbolchisi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransishku Konseysau joriy mavsum yakuniga qadar Turinning “Yuventus” klubi safiga ijara asosida qo‘shildi, deb xabar bermoqda Italiya jamoasi matbuot xizmati.

Avvalroq OAVda «Portu»dan ijaraga olingan shartnomada futbolchini majburiy sotib olish varianti mavjud emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali uni 22 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Konseysau barcha musobaqalarda 43ta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol urdi va jamoadoshlariga sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter