Karreras: «Real» va uning prezidentiga rahmat aytaman»
Alvaro Fernandes Karreras «Real»ga qaytishi haqida gapirdi.
22 yoshli himoyachi kecha «Benfika»dan Madrid klubiga 50 million yevro evaziga o‘tdi.
«Hozir gapirish oson emas. Prezidentga so‘zlari uchun va «Real Madrid»ga ikki yil o‘tkazgan joyimga qaytishimga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchi edim. Men bolaligimda ketdim va o‘lg‘ayib qaytdim.
Men bu libosni kiyishni intiqlik bilan kutyapman. Bu libosni kiyish men uchun sharafdir. Men birgalikda o‘sish va yangi unvonlarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimni berishga va’da beraman.
Men oilamni unutmayman, chunki ularsiz men bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim. Sizga katta rahmat va salom, «Madrid!» – dedi Karreras.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/