London klubi tajribali yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
«Fulxem»ning 34 yoshli markaziy yarim himoyachisi Tom Kerni klub bilan shartnomasini uzaytirdi, deya xabar bermoqda rasmiy sayt.
Kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan. Avvalgi shartnoma 30 iyun kuni yakuniga yetgandi.
Kerni London jamoasida 2015 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Bu vaqt ichida shotlandiyalik 354 ta o‘yinda maydonga tushib, 47 ta gol urgan va 38 ta golga hammualliflik qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/