Valverde Gonsalo Garsiyaning o‘yini haqida fikr bildirdi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Gonsalo Garsiyaning o‘yini haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
21 yoshli hujumchi seshanba kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida «Yuventus»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) «qaymoqranglilar»ning yagona goliga mualliflik qildi. Umuman olganda, futbolchi 2025 yilgi KO‘JCHning to‘rtta o‘yinida uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
«Gonsalo bunga loyiq, u juda tirishqoqlik bilan ishlaydi. U hali yosh, «Kastilya»dan kelgan, doim bizning soyamizda turib harakat qiladi. Biz u bilan juda faxrlanamiz va uni tabriklashimiz kerak,» – dedi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan Valverde DAZN bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/