«PSJ» prezidenti: «Klub tarixidagi eng buyuk mavsum bo‘ldi»

«PSJ» klubi prezidenti Nosir al-Xelaifiy klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga (0:3) izoh berdi.

«G‘alabalardan keyin ham, mag‘lubiyatlardan keyin ham kamtar bo‘lib qolamiz. Bu «PSJ» tarixidagi eng buyuk mavsum bo‘ldi. Bitta o‘yin hammasini o‘zgartirib yuboradi deb o‘ylamayman. Men hamma bilan faxrlanaman. Biz beshta finalga chiqdik va ularning to‘rttasida eng yosh jamoa sifatida g‘alaba qozondik. Bu faqat boshlanishi, oldinda o‘zgacha narsalar bor,» – deya al-Helayfiyning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter