Mareska «Chelsi» bilan erishgan eng katta yutug‘i nimada ekanligini aytdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska klubdagi faoliyatining ilk yilini sarhisob qildi.

Italiyalik ushbu lavozimda Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallagandi.

«Eng katta yutuq shundaki, roppa-rosa bir yil oldin hech kim «Chelsi» haqida gapirganda futbol haqida gapirmadi: gap faqat loyiha, katta tarkib, transferlarga sarflangan pullar va shunga o‘xshash narsalar haqida edi. Hozir bu haqda hech kim gapirmayapti – hozir hamma jamoa haqida, bizning o‘yinimiz va g‘alabalarimiz haqida gapirmoqda va shaxsan men uchun bu yildagi asosiy yutuq,» – deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter