«Tottenxem» sobiq himoyachisi Turkiyaga yo‘l olishi mumkin

«Beshiktosh» «Tottenxem»ning sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, turk klubi vakillari 28 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker-Pitersning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

2024/25 yilgi mavsum oxirida uning «Sautgempton» bilan shartnomasi tugadi, shuning uchun ingliz hozirda erkin agent.

O‘tgan mavsumda Kayl Uoker-Piters «Sautgempton» safida barcha musobaqalarda 35ta o‘yin o‘tkazib, 2ta golga assistentlik qilgan. Mashhur Transfermarkt portali uning narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter