«Milan» angliyalik himoyachini nishonga oldi
«Milan» yozgi transfer oynasida chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, «rossonerilar» hozirda Belgiyaning «Gent» klubi sharafini himoya qilayotgan Archi Braun xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli inglizning klubi bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 7 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/