«Manchester Yunayted» «Milan» yulduzini nishonga oldi
“Milan” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes Italiya A Seriyasini Angliya Premyer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, 27 yoshli himoyachining transferiga “Manchester Yunayted” qiziqmoqda. “Rossonerlar” fransiyalik futbolchini yozgi transfer oynasida 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Ernandesning italiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Italiya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 21 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/