«Ayaks» Xendersonning ketishini rasman e’lon qildi

35 yoshli ingliz yarim himoyachisi Jordan Xenderson Amsterdamning “Ayaks” klubini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, tajribali yarim himoyachi amsterdamliklar safida 2024 yildan buyon o‘ynadi. Xenderson 57 uchrashuvda qatnashib, bitta gol va 9 golga assistentlik qilgan.

Angliyada Jordan «Liverpul»dagi o‘yinlari bilan mashhur. U 2011 yildan 2023 yilgacha mersisaydliklar sharafini himoya qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter