Ashurmatov Jahon chempionatidan nima kutayotganini aytdi
Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida JCH-2026dan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.
— Jahon chempionatidan nima kutyapsiz?
— Men bashorat qilishni yoqtirmayman. Lekin biz guruhdan chiqib, turnirda yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Ikki yil avval Meksika bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, Boliviyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, AQSHga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandik.
Biz o‘yin borasida ulardan kam emas edik. Umid qilamanki, guruhdan chiqish uchun kurashamiz. Ayni vaqtda jahon chempionati oldidan Urugvay va Argentina terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirganmiz», — dedi Rustam.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/