«Inter»ning turkiyalik yulduzi jamoada qoladigan bo‘ldi
Hoqon Chalxano‘g‘li «Inter»da qoladi.
Avvalroq, milanliklar «Galatasaroy» bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi. Yarim himoyachining o‘zi ham Turkiya jamoasiga o‘tishni istagan.
Bugun Milanda klublar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishmadilar, muzokaralar yakunlandi.
Avval xabar berganimizdek, Italiya klubi Chalxono‘g‘lini kamida 30 mln yevro tovon puli olgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor edi. Bundan tashqari, «neradzurrilar» agar futbolchi mavsumoldi yig‘ini boshlanishidan oldin klubni tark etmasa, uni transfer bozoridan olib tashlashi ma’lum edi.
Endi esa 31 yoshli yarim himoyachi sotilmaydi va faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/