Trent: «Eng yaxshi jamoa g‘alaba qozonsin»

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida Fransiyaning “PSJ” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.

«Men bu mavsumda «PSJ» bilan o‘ynadim, ular zo‘r o‘ynashdi. Albatta, o‘yin qiyin bo‘ladi. Ikkala jamoa ham yarim finalga chiqishga loyiq, ammo pley-offda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Biz hozir qattiq mehnat qilamiz va qiyin uchrashuvga tayyorlanamiz. Eng yaxshi jamoa g‘alaba qozonsin!», — deb Aleksandr-Arnold so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter