«Liverpul» turkiyalik futbolchiga qiziqyapti

«Liverpul» «Benfika»ning 24 yoshli yarim himoyachisi Orkun Kyokchyuga yana qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, portugal klubi turkiyalik futbolchini 34,5 million funtga baholamoqda. Kyokchyu “Liverpul”ning amaldagi bosh murabbiyi Arne Slot qo‘l ostida “Feyenoord”da ishlagan.

O‘tgan mavsumda Kyokchyu barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter