«Manchester Yunayted» tekinga olishi mumkin bo‘lgan uchta hujumchi nomi ma’lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin, Jeymi Vardi va Kallum Uilsonni olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar nomi qayd etilgan futbolchilarni tekinga olishlari mumkin, chunki ular hozirda erkin agent hisoblanadi.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» «Fiorentina» hujumchisi Moyze Kinni kuzatib bormoqda, shuningdek, Ugo Ekitike borasida Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bilan ham muzokaralar olib bordi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/