«Manchester Yunayted» Zirkzeedan tashqari yana bir hujumchi sotib olishi mumkin

«Manchester Yunayted» yaqin vaqt ichida «Bolonya»dan hujumchi Joshua Zirkzee transferini yakunlashni rejalashtirmoqda, ammo mankunianliklar undan tashqari yana bir forvardni taklif qilmoqchi.

The Athletic xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» «Brentford» futbolchisi Ayvan Toni va «Everton»dan Dominik Kalvert-Lyuin vaiantini ko‘rib chiqmoqda. Qaysi futbolchi rahbariyatga ustuvor nomzod ekanligi hozircha noma’lum.

Toni Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida 17 uchrashuvda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Kalvert-Lyuin chempionatda 32 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter