Endrik «Real» direktori va skauti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Endrik «Real»dagi imkoniyatlarini chamalamoqchi va Braziliya bilan JCH-2026ga bormoqchi.

18 yoshli braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda «Real» safida La Ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va maydonda o‘rtacha 16 daqiqa harakat qildi.

«Endrik Palm-Bichda (madridliklar ijrochi direktori) Xose Anxel Sanches va (klub bosh skauti) Xuni Kalafat bilan jamoadagi istiqbollarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Hujumchi shu oy, 21 iyul kuni 19 yoshga to‘ladi, uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Debyut mavsumida u allaqachon (barcha turnirlarda) 7 ta gol urgan.

Yosh braziliyalikning asosiy maqsadlaridan biri 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi tarkibida ishtirok etish bo‘lib qolmoqda,» – deb yozadi COPE jurnalisti Migel Anxel Dias.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter