«Chelsi» afsonasi: «Real» o‘yini Bellingem orqali qurilgan»
Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel «Real» xavbeki Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
«Bellingem – «Madrid»ning eng asosiy futbolchisi. «Qaymoqranglilar»ning butun o‘yini aynan Jud orqali qurilgan», – dedi sobiq futbolchi DAZN efirida.
22 yoshli Jud Bellingem KO‘JCH-2025 da 4 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 1 ta assist berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/