«Bavariya» «Liverpul» futbolchisini o‘z short-listiga qo‘shdi
Yozgi transfer oynasi tobora kuchayib bormoqda. «Bavariya»ning maqsadi chap qanot vingeri pozisiyasiga sifatli futbolchi sotib olish. «Bavariya» Luis Diasni o‘z short-listiga qo‘shib oldi», – deb yozadi jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda.
Qayd etilishicha, «Bavariya» 28 yoshli Dias haqidagi barcha ma’lumotlarni to‘plagan, biroq «Liverpul» bilan hali muzokaraga kirishmagan. Agar taklif munosib bo‘lsa, kolumbiyalik futbolchining transferi amalga oshishi mumkin. Hujumning chap tomoni uchun futbolchi sotib olmoqchi bo‘lgan Bundesliga giganti tobora ko‘proq nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Transfermarkt portali Luis Diasni 70 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/