«Byornli» «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi

«Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan himoyachi Aksel Tuanzebe tez orada «Byornli» futbolchisiga aylanadi.

«Burnley Express» nashrining yozishicha, tomonlar bir mavsumlik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi «Ipsvich» bilan shartnoma muddati tugagach, klubga qo‘shiladi.

Kongo DR terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Tuanzebe 2024/25 yilgi mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Ipsvich» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyunda tugaydi, biroq tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter