«Liverpul» himoyachisi: «Bu bema’nilik»
«Liverpul» himoyachisi Konstantinos Simikas 2025 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda jamoadoshi Muhammad Salohni qo‘llab-quvvatladi.
«Saloh bu mukofotga hammadan ko‘proq loyiq. O‘tgan yillarda unga e’tibor berilmagani nohaqlik edi.
Balki bu «Real» va «Barselona»ning ustunligi tufaylidir yoki u Misr sharafini himoya qilgani uchundir. Afsuski, terma jamoa bilan uning e’tirofga erishish imkoniyati kamroq.
Biz chempionlikni qo‘lga kiritdik, u gollar va golli uzatmalar bo‘yicha eng zo‘r edi. Premyer-ligada 47 ta golli harakat – aql bovar qilmaydigan narsa.
Shunga qaramay, u hatto eng yaxshi 30 talikka kiritilmagan – bu bema’nilik», – dedi Simikas Sport24.gr nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/