«Liverpul» darvozaboni «Ayaks»ga o‘tdi

«Liverpul» darvozaboni Viteslav Yarosh faoliyatini Niderlandiyaning «Ayaks» klubida ijara asosida davom ettiradi.

Tomonlar mavsum-2025/26 yakuniga qadar mo‘ljallangan kelishuvni imzoladi. Bu haqda amsterdamliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi. Erediviziyaga yo‘l olishdan oldin 23 yoshli darvozabon «Liverpul» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi va klub kelajakda futbolchini o‘z tizimida saqlab qolish niyatini tasdiqladi.

2023/24 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida chexiyalik darvozabon Avstriyaning «Shturm» jamoasida o‘ynadi va u yerda 21 ta o‘yin o‘tkazib, yetti marta darvozani daxlsiz saqlab qoldi va 20 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter