Jezusga London grandi qiziqish bildirmoqda

Angliyaning «Vest Xem» klubi Braziliyaning «Botafogo» klubi forvardi Igor Jezus xizmatiga qiziqish bildirmoqda va ushbu transfer oynasida u bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Futbolchi «Koritiba»da o‘zini ko‘rsatdi, shundan so‘ng u Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tdi. «Shabab Al-Ahli»da 4 yilga yaqin vaqt o‘tkazgandan so‘ng, u Braziliyaga qaytib keldi. «Botafogo»ga o‘tish uning foydasiga ishladi, chunki u jamoaning asosiy figurasiga aylandi. Jezus 56 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 22 ta goliga (16 ta gol va 6 ta golli uzatma) hissa qo‘shgan.

Qayd etilishicha, 15 million yevroga baholanayotgan Jezus bir vaqtning o‘zida bir necha pozisiyada o‘ynay oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter