Garnacho boshqa ligaga ketmoqchi emas
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Alexandro Garnacho faoliyatini Angliya Premyer-ligasidan boshqa ligada davom ettirish haqida o‘ylamayapti.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi klubdagi muhitini o‘zgartirmoqchi, biroq Premyer-ligada qoladi.
Yaqinda «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag boshchiligidagi «Bayer Leverkuzen»ning unga bo‘lgan qiziqishiga qaramay, Garnacho Bundesligaga o‘tishni rejalashtirmayapti.
Uning ustuvorligi Angliyada o‘ynash bo‘lib qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/