Garnacho «MYU»dagi holatidan norozi

Hujumkor yarim himoyachi Alexandro Garnacho Ruben Amorim bosh murabbiy bo‘lganidan beri «Manchester Yunayted»dagi holatidan norozi.

Garnacho Yevropa ligasi finalidagi cheklangan o‘yin vaqtidan hafsalasi pir bo‘ldi.

ESPN xabariga ko‘ra, Garnachoning agentlari uning ehtimoliy ketishini muhokama qilish uchun «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar olib borishadi.

20 yoshli argentinalikning vakillari Premyer-liga klublari va Saudiya Arabistonidan qiziqish kutishmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter