«PSJ» murabbiyi – AQSHdagi tartibsizliklar haqida: «Xayriyatki, biz shahar tashqarisidamiz»
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati starti oldidan «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Los-Anjelesda yuz bergan tartibsizliklarga izoh berdi.
– Vaziyat keskin ekanini bilamiz. Yaxshiyamki, biz shahardan tashqaridamiz, shuning uchun hech narsa ko‘rmadik. Umid qilamizki, hammasi hamma uchun eng yaxshi tarzda bo‘ladi va shu ma’noda biz juda xotirjammiz,» – deya parijliklar ustozining so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/