Kleverli «Plimut» bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi
Talksport xabariga ko‘ra, «Plimut» jamoasi Tom Kleverlini bosh murabbiy etib tayinlashga hozirlik ko‘rmoqda.
«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi o‘tgan mavsumda «Uotford»ni boshqargan, biroq chempionship pley-off bosqichiga chiqa olmagani uchun klubni tark etgandi.
Kleverli futbolchilik faoliyatini 2023 yilning yozida «Uotford»da yakunlagan edi. Shundan so‘ng u klubning 18 yoshgacha bo‘lgan jamoasini tarbiyalay boshladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/