SSKA bosh murabbiyi «Andijon»ga g‘alaba tiladi
Bugun “Mavsum-2024” rasman boshlanadi. Xabaringiz bor, 1-tur uchrashuvlari 1-4-mart kunlari davomida o‘tkaziladi. “Andijon” esa 3-mart kuni Olmaliqda OKMKga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumki, qishki seleksiya jarayonida andijonliklar tarkibida Moskvaning SSKA klubi tarbiyalanuvlaridan ikki nafari qo‘shib olingan. Bular – darvozabon Maksim Sarraf hamda hujumchi Luka Zgurskiy.
Turkiyaning Antaliya shahridagi yig‘in mobaynida jamoa aynan SSKAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazganini bilasiz. Buning ustiga aynan Maksim hamda Lukaning “Andijon” bilan shartnoma imzolanishi Rossiyada va jumladan “armiyachi”larning o‘zida ham o‘ziga xos tarzda qiziqishni uyg‘otgan.
“Andijon” matbuot xizmati esa SSKA klubi bosh murabbiyi Vladimir Fedotov bilan bog‘landi va u yurtimizda yangi boshlanayotgan mavsum oldidan “Andijon” hamda ikki nafar shogirdi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Xayrli kun! Ha, biz o‘zimizning tarbiyalanuvchilarimizni doimiy ravishda kuzatib boramiz.
Maksim Sarraf va Luka Zgurskiyni ham kuzatishda davom etamiz. Ularni yangi jamoasida omadli debyut o‘tkazishlarini istayapmiz.
Shuningdek, “Andijon” klubiga yangi start olayotgan mavsumni g‘alaba bilan boshlashini va yuqori natijalar ko‘rsatishini tilab qolaman. Omad”, – dedi Vladimir Valentinovich, “Andijon” matbuot xizmatiga.
Manba: «Андижон» клуби матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/