Aleksis Sanches «Udineze»ni tark etishga tayyor
Qanot himoyachisi Aleksis Sanches yozgi transfer oynasida “Udineze”ni tark etishga tayyor, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Qayd etilishicha, 36 yoshli chililik futbolchining jamoa bosh murabbiyi Kosta Runjaich bilan munosabatlari yaxshi emas.
Futbolchi klub safida 2024 yilning avgustidan buyon to‘p tepmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
2024/25 yilgi mavsumda Sanches klub safida 14 uchrashuvda 479 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/