Vyeri: «Menimcha, Indzagi finaldagi 0:5 tufayli «Inter»ni tark etishga qaror qildi»

Italiyalik mashhur sobiq hujumchi Kristian Vyeri Simone Indzagining «Inter»ni tark etishga qaror qilgani haqida gapirdi.

Murabbiy Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga (0:5) uchralgan mag‘lubiyatdan bir necha kun o‘tib «neradzurrilar» bilan xayrlashdi. Ko‘p o‘tmay, italiyalik mutaxassis tayinlanganini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi e’lon qildi.

«Menimcha, Indzagi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli «Inter»ni tark etdi. Nazarimda, bungacha u ketmoqchi emasdi. Taxminimcha, o‘sha o‘yindan keyin u shunchaki kuchim qolmadi, degan qarorga kelgan. 0:1, 0:2 yoki 1:2 hisobida yutqazish bir narsa, bu normal, ammo 0:5 juda og‘ir zarba. Bu muvaffaqiyatsizlik Simonening bor kuchini olib qo‘ygan bo‘lishi mumkin», – deya Vyerining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter