«Yuventus» yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi
«Yuventus» xavbeki Ueston Makkenni tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Tomonlar avvalgi texnik direktor Kristiano Juntoli davrida ham kelishuvga yaqin edi, ammo klub muzokaralarni muzlatib qo‘ydi. Endi kelishuvni yangi bosh direktor Damyen Komolli yakunlashga tayyor, deydi jurnalist Nikolo Skira. 26 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning maoshi yiliga 3,3 mln yevro atrofida bo‘ladi.
Ueston Makkenni o‘tgan mavsumda turinliklar safida 44 ta uchrashuvda beshta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/