“YUventus” futbolchisi JCHga yaxshi formada yetib bormoqchi
Ueston Makkenni faoliyatini “Yuventus”da davom ettirish niyatida.
AQSH terma jamoasining 25 yoshli yarim himoyachisi Turin klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi ESPN.
Makkenni «Yuventus» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga umid qilmoqda, bu esa uni klubda 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yaxshi formada borishini ta’minlaydi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025-yilda yakuniga yetadi. Shu yozda Makkenni Italiya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ueston «Yuventus»ning mavsumoldi so‘nggi ikki o‘yinida ishtirok etmadi. Makkenni jamoadan tashqarida qoldi va bosh murabbiy Tyago Motta uni loyihaning bir qismi sifatida ko‘rmasligini aytdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/