«PSJ»ning muhim futbolchisi Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkin
«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis «An-Nasr»ning radariga tushdi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya klubi 29 yoshli futbolchini asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. «PSJ» esa ispaniyalikni sotmoqchi emas, chunki bosh murabbiy Luis Enrike uni jamoasi uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi.
Fabian Ruis o‘tgan mavsumda parijliklar safida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/