«Bayer» Ispaniyadan hujumchi sotib oladi

Ispaniyaning «Albasete» klubi hujumchisi Kristian Kofane Germaniya Bundesligasining eng kuchli klublaridan biriga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli hujumchini «Bayer» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Dorishunoslar» besh million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi. Tomonlar 2029 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydilar.

O‘tgan mavsumda Ispaniya Segundasi vakili Kofane 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter