Myullerning oti – Olimpiada chempioni!
Ot sporti muntazam ravishda o‘z muxlislariga noodatiy syujetlarni hadya etadi.
Axir medallar uchun nafaqat chavandozlar, balki ularning arg‘umoqlari ham teppa,teng kurash olib boradilar. Ularning musobaqalardagi rollari sohiblarinikidan kam emas…
OLIMPIYA O‘YINLARI Parij (Fransiya)
Ot sporti. Konkur, shaxsiy birinchilik. Final
- Kristian Kukuk (Germaniya) – 38,34
- Stiv Gerdat (Shveysariya) – 38,38
- van der Vleten (Niderlandiya) – 39,12
Taniqli futbolchining otxonasi jamoatchilikka tinchlik bermayapti
Bo‘sh vaqtini ko‘proq xususiy otxonasida o‘tkazadigan taniqli futbolchi Tomas Myuller o‘zining eng uchqur ayg‘irini Germaniya terma jamoasining yetakchisi Kristian Kukukka sovg‘a qildi. U esa Parijda Olimpiada chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. Chavandoz otni musobaqaga yaxshi tayyorlagani uchun Tomas va uning rafiqasiga minnatdorchilik bildirdi.
Olimpiadadagi g‘alabadan keyin Myullerga ayg‘irning jarohat olganligi haqida xabar berishdi
Tomas Myuller – otlar shaydosi. Jonivorlarga bo‘lgan muhabbatni unga rafiqasi Yelizaveta singdirgan. Ayol professional chavandoz, yirik musobaqalarda ishtirok etgani bois, otlar bilan tez-tez hamkorlik qiladi. Boshqa futbolchilar Mayami, Amirliklar kabi xushmanzara go‘shalarda ta’tilni dam olish bilan o‘tkazishgan paytda, Tomas otlarni parvarish qilish bilan band bo‘lar va albatta, Yelizaveta doimo unga yordam berardi.
Juftlik 2021 yilda o‘zining oilaviy otxonasi tashkil etgan va turli musobaqalarda chavandozlarni arg‘umoqlar bilan ta’minlab kelardi. Parij Olimpiadasiga Myuller o‘zining 3ta otini jo‘natgandi. O‘zining eng suyukli tulpori – Chekkerni Myuller o‘z vatandoshiga asrab qo‘ygandi. Chavandoz Kristian Kukuk Tomasni uyaltirib qo‘ymadi va Germaniya uchun konkur musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyin g‘olib otning sohiblariga minnatdorlik izhor etdi: «Biz otning sohiblari – Madlen Vinter-SHulse va Tomas Myullerni unutib qo‘ymasligimiz kerak. Mening g‘alabamda ular juda muhim rol o‘ynadilar».
Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu fikrga qo‘shilmay, Tomas va Yelizavetani otlarni yaxshi parvarish qilmaganlikda ayblaganlar ham bo‘ldi. Keyin RETA (jonivorlarni himoya qilish xayriya tashkiloti) o‘z e’tirozlarini bayon etdi. Bunga D~Avi nomli ayg‘irning jarohat olgani sabab bo‘ldi. Veterinar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda esa otda jiddiy shikastlanish yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Italiyaliklar otni to‘la huquqli sportchi sifatida tan olishdi
Ot sporti tez-tez jonivorlarni himoya qilish organlari tomonidan tanqid qilinadi. Mashhur ippodromlarda har yili 50dan ortiq kuch-quvvatini sarflab bo‘lgan ayg‘irlarni qaytadan musobaqaga tayyorlashadi. Shunga o‘xshash zo‘ravonliklar yetarli. Lekin chavandozlar orasida toychoqlarga mehr-muruvvat bilan yondashadiganlari ham yo‘q emas. Eng uchqur arg‘umoqlar haqida filmlar yaratiladi, ularga kartinalarni bag‘ishlashadi, yaqinda otlarning huquqiy maqomi ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Italiya ot sporti Federasiyasi (FISE) jonivorlarni inventar emas, to‘laqonli sportchi ekanligini tan oldi. Mazkur o‘zgarish shu yilning 31 yanvarida qonun bilan mustahkamlandi. Endi jonivorlar musobaqalarda ishtirok etadigan erkak va ayol sportchilar bilan teppa,teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldilar.
«Bu qonun bizga otlarni ob’ekt emas, sub’ekt sifatida e’tirof etish imkoniyatini beradi. «Sport oti» va «Sportchi ot» atamalari birinchi marta huquqiy ibora maqomini oldi» – dedi FISE prezidenti Eleonora Ottaviani. Italiyaliklarning keskin qarori xalqaro huquq va xalqaro sport reglamentlariga asos bo‘lishi mumkin.
MUHAMMADSODIQ tayyorladi
Manba: «Интерфутбол» газетаси
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/