Kroos afsonalar uchrashuvida maydonga tushadi

Bugun «Santyago Bernabeu»da «Real Madrid» va «Borussiya Dortmund» afsonalari o‘rtasida xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvdan tushgan barcha tushum mahalliy klubning xayriya dasturi va ijtimoiy sport loyihalariga yo‘naltiriladi.

Toni Kroos 378 kundan so‘ng Madridga qaytib, o‘yinda ishtirok etadi. «Real» tarkibida Marselo, Pepe, Varan va boshqa mashhur futbolchilar ham ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik yarim himoyachi o‘tgan yozda «qaymoqranglilar»ni tark etgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter