Tel «Bavariya»ning ketma-ket ikkinchi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadi

«Bavariya» hujumchisi Matis Tel ketma-ket ikkinchi o‘yinda uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Kicker nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasining ⅛ finalida «Lasio» jamoasiga qarshi o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Tel «Bavariya» safida «Frayburg»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Bu Matisning joriy Germaniya chempionatida ilk daqiqalardanoq ilk ko‘rinishi edi.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter