«Fiorentina» «Milan» va «Yuventus» qiziqqan futbolchi bilan shartnomani uzaytiradi

«Fiorentina» o‘ng qanot himoyachisi Dodo bilan yangi shartnoma imzolash ustida ishlamoqda, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, shartnoma 2030 yilning yoziga qadar amalda bo‘lib, mavsumiga 2,2 million yevro maosh oladi.

Amaldagi kelishuv 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.

26 yoshli braziliyalik futbolchini bir vaqtning o‘zida «Milan» va «Yuventus» kuzatib borishmoqda.

“Fiorentina” Dodoni 2022 yilning yozida “Shaxtyor”dan 14,5 million yevroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda u 46 uchrashuvda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter