«Yuventus» «Fiorentina» futbolchisini kuzatmoqda
Insayder Nikolo Skiraning fikricha, «Fiorentina» markaziy himoyachisi Pyetro Komussoga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Turin klubi 19 yoshli italiyalikni keyingi mavsum uchun variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
«Yuventus» markaziy himoyachini boshqa klub sotib olmasa, yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qilishi mumkin.
«Napoli» Pyetro Komusso uchun 35 million yevro taklif qilgani haqida ma’lumot bor edi.
«Fiorentina» futbolchisi ushbu mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/