«Bornmut» yana bir futbolchisidan ayrilishi mumkin
Angliyaning «Bornmut» klubi yozda yana bir himoyachini sotishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, jamoa yaqinda Din Xyoysenni «Real Madrid»ga sotdi va Milosh Kerkez tez orada «Liverpul» safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yana bir asosiy himoyachi Ilya Zabarnyi «Bornmut»ni tark etishi mumkin, biroq manbaning xabar berishicha, ingliz klubi ukrainalikni qo‘yib yuborishni istamayapti.
Klub futbolchini o‘z safida saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/