«Real Madrid» Nacho o‘rniga futbolchi tanladi

2023/2024 yilgi mavsum yakunida himoyachi Nacho «Real»ni tark etishi katta ehtimol bilan aniqqa o‘xshab ketmoqda.

TodoFichajes xabariga ko‘ra, agar vaziyat birdaniga keskin o‘zgarmasa, 34 yoshli futbolchi yozda klubini o‘zgartiradi. «Real» allaqachon Nacho o‘rniga kim bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda. Manbaga ko‘ra, madridliklar birinchi raqamli nomzod sifatida Fransiyaning «Lill» klubidan 18 yoshli himoyachi Leni Yoroni tanlagan. Qayd etilishicha, «Los-Blankos» allaqachon bu transferga qadam tashlashni boshlagan.

Aytish joizki, Transfermarkt  portali ekspertlari Yoroni 40 million yevroga baholamoqda. Iqtidorli himoyachiga Angliya klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter